Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Shavkat Mirziyoyev nega aynan Surxondaryoga jo‘nab ketdi?

Shavkat Mirziyoyev nega aynan Surxondaryoga jo‘nab ketdi?

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida bo‘ladigan Xalqaro baxshichilik san’ati festivalining ochilish marosimida ishtirok etish uchun bugun Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etishlaricha, Prezidentning 2018 yil 1 noyabrdagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan mazkur festivalga katta tayyorgarlik ko‘rilgan. Qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, tanlov qatnashchilari va mehmonlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan.

Folklor-etnografik chiqishlar, sayyohlik maskanlariga tashriflar, ilmiy konferensiya va ko‘rgazmalarni o‘z ichiga olgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar dasturi tayyorlangan. Festival 10 aprelgacha davom etadi , deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.

Kiritildi: 17:09 06.04.2019. O'qildi: 3514 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!