Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Shavkat Mirziyoyev Koreyada rasmiy kutib olish marosimida 2022 yilga nom berdi

A A A
Shavkat Mirziyoyev Koreyada rasmiy kutib olish marosimida  2022 yilga nom berdi

Avval ma’lum qilinganidek, 17 dekabr kuni Koreya Respublikasi Prezidentining Seul shahridagi “Chong Va De” qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng davlat rahbarlari ikki mamlakat rasmiy delegasiyalari ishtirokida muzokara o‘tkazdilar.

Kelgusi yilda mamlakatlarimiz diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi va koreys diasporasi O‘zbekistonda istiqomat qilishining 85 yilligini nishonlaydilar.

Davlatimiz rahbari 2022 yilni “O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro almashinuvlar yili” deb e’lon qilishni, Toshkentda Koreyslar tarixi muzeyi hamda Koreys madaniyat va san’at uyi qoshida kutubxona tashkil etishni taklif etdi.

Kiritildi: 09:16 18.12.2021. O'qildi: 6012 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!