Bugun 4 iyul, 2024 yil, payshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev II Xalqaro maqom san’ati anjumani ochilishida nutq so‘zladi

Shavkat Mirziyoyev II Xalqaro maqom san’ati anjumani ochilishida nutq so‘zladi

Co‘z boshida prezident anjuman ishtirokchilarini tabrikladi va maqom san’atining O‘zbekiston uchun ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

“Bizning qadimiy tariximiz, boy madaniyatimiz, azaliy qadriyatlarimizning ramzi bo‘lgan maqom san’ati teran falsafiy ildizlari, betakror badiiy uslubi va boy ijodiy an’analari bilan ma’naviy hayotimizda muhim o‘rin egallaydi. <…> Maqom san’ati uchun asosiy mavzu – eng avvalo, shaxs, uning erki va qadri, tinchlik-totuvlik, hamjihatlik va umumbashariy taraqqiyot hisoblanadi”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shundan so‘ng Mirziyoyev Yangi O‘zbekistonda maqom san’ati boshlang‘ich ta’limdan, akademik fan darajasigacha uzluksiz o‘rganilayotganini aytib o‘tdi.

Ochilish marosimiga Osiyo, Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Afrika qit’alarining 80 dan ortiq mamlakatlaridan va nufuzli xalqaro tashkilotlardan 400ga yaqin mehmonlar tashrif buyurdi.

Kiritildi: 21:43 27.06.2024. O'qildi: 758 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!