Prezident Shavkat Mirziyoyev «Eksport faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi, deya xabar qilmoqda «Kun.uz».
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq 2022 yil 1 yanvarga qadar Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi eksport qiluvchilarga, shu jumladan, asosiy faoliyat turi savdo-vositachilik bo‘lgan eksport qiluvchilarga:
a) eksportoldi moliyalashtirish, shu jumladan, aylanma mablag‘lar uchun ajratiladigan kreditlar bo‘yicha tijorat banki tomonidan belgilangan kredit foiz stavkasi va miqdoridan qat’i nazar:
b) tijorat banklarining eksportoldi moliyalashtirish, shu jumladan, aylanma mablag‘lari uchun beriladigan kreditlari bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha, biroq 8 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda kafillik beradi;
v) ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lsa, avval olgan kreditlari bo‘yicha qarzdorligi bo‘lishidan qat’i nazar, eksportoldi moliyalashtirish, shu jumladan, aylanma mablag‘lar uchun qo‘shimcha olinadigan kreditlari bo‘yicha mazkur bandda belgilangan miqdorlar va shartlarda kompensasiya va (yoki) kafilliklar taqdim etadi;
g) taqdim etiladigan kafilliklar bo‘yicha komissiya to‘lovlarini ikki baravarga kamaytirilgan miqdorda undiradi.
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan 2022 yil 1 yanvardan boshlab eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash prezidentning 2019 yil 24 maydagi PQ–4337-son «Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sug‘urta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatiladi:
Agentlikka yuklanayotgan qo‘shimcha vazifalarni amalga oshirish uchun uning huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda resurs bazasi quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladigan Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi: