Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga bordi

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga keldi.

Cho‘lponota shahridagi “Issiqko‘l” xalqaro aeroportida ularni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov va uning rafiqasi kutib oldi.

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga bordi

Oliy martabali mehmonlar sharafiga ikki davlat bayroqlari ko‘tarilib, faxriy qorovul saf tortdi.

Bugun yetakchilar muzokara davomida O‘zbekiston – Qirg‘iziston strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqish masalalarini muhokama qiladilar.

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga bordi

Prezidentimiz Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy Maslahat uchrashuvida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 13:36 30.07.2026. O'qildi: 1176 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!