Shatdaun oqibatida AQSh Federal aviasiya ma’muriyati (FAA) 40 ta aeroportda parvozlar sonini qisqartirdi. Natijada so‘nggi ikki kunda 1700 dan ziyod reys bekor qilingani ma’lum qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, reyslar sonining qisqarishi FAA xodimlarining vaqtincha ish to‘xtatishi va parvozlarni boshqarish tizimidagi kechikishlar bilan bog‘liq. Ayniqsa, Nyu-York, Chikago, Atlanta va Los-Anjeles kabi yirik aeroportlarda vaziyat keskinlashgan.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, agar shatdaun davom etsa, mamlakat ichki va xalqaro havo qatnovi yanada izdan chiqishi mumkin.