Bugun 30 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

«Shartnoma tuzilmagan bo‘lsa ham pul to‘laymanmi?»

A A A
«Shartnoma tuzilmagan bo‘lsa ham pul to‘laymanmi?»


— Chiqindi bo‘yicha shartnoma tuzmaganmiz. Lekin shunday bo‘lsa-da, mendan to‘lov amalga oshirishimni talab qilishyapti. Shu to‘g‘rimi?
Ismi sir tutildi

G‘ayrat Ergashev, fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudi raisi:
— O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasining 51-moddasiga asosan fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga majburdirlar.
Uy-joy kodeksining 133-moddasiga muvofiq, kommunal xizmatlar uchun majburiy to‘lovlar sovuq va issiq suv ta’minoti, suvni chiqarib yuborish (kanalizasiya), elektr ta’minoti, gaz ta’minoti, isitish (issiqlik ta’minoti), qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun to‘lanadigan to‘lovlardan iboratdir.
Davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlari, ijaraga, arendaga oluvchilari o‘zlariga ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar uchun qonunchilikka va kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalar (ijrochilar) bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq majburiy to‘lovlar to‘laydi.
O‘zbekiston Respublikasi “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasi 2-qismiga ko‘ra, fuqarolar chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirayotganda belgilangan sanitariya normalari va qoidalariga, boshqa talablarga rioya qilishlari, maishiy-ro‘zg‘or chiqindilarini to‘plab olib ketish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar va tashkilotlar xizmatidan foydalanganlik uchun to‘lovlarni belgilangan tartibda to‘lab borishlari shart.
Yuqoridagi qonun talablariga ko‘ra, fuqarolar chiqindilarni olib ketilishi uchun shartnoma tuzishlari va shartnoma shartlariga asosan majburiy to‘lovlarni amalga oshirib borishlari shart.

Kiritildi: 12:15 19.12.2022. O'qildi: 4104 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik