Bugun 25 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Shanshan Osiyoning eng badavlat kishisiga aylandi

A A A
Shanshan Osiyoning eng badavlat kishisiga aylandi

Chjun Shanshan Xitoyning eng badavlat kishisi deb e’lon qilindi. Uning boyligi 77,8 milliard dollarga yetdi. U sayyoradagi eng badavlat kishilar reytingida 11-o‘rinni egalladi, deb yozmoqda Bloomberg.

Shanshanning boyligi 2020 yilda 70,9 milliard dollarga ko‘paygan.

66 yoshli Shanshan vaksina ishlab chiqaruvchi Beijing Wantai Biological Pharmacy Enterprise va qadoqlangan suv ishlab chiqaruvchi Nongfu Spring kompaniyalari asoschisi hisoblanadi.

Bunga qadar Alibaba korporasiyasi asoschisi Jek Ma Osiyoning eng badavlat kishisi deb e’tirof etib kelinardi.

Xitoy hukumati Jek Maga nisbatan surishtiruv boshlaganidan so‘ng uning boyligi 3,6 mlrd dollarga kamaygan.

Kiritildi: 19:40 01.01.2021. O'qildi: 3422 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik