Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Shahzoda Matchanova koronavirusga chalinganlar haqida: "Nafratlanmang, ulardan farqingiz yo‘q"

Shahzoda Matchanova koronavirusga chalinganlar haqida: "Nafratlanmang, ulardan farqingiz yo‘q"

Aktrisa Shahzoda Matchanova mamlakatimizda koronavirusga chalinganlar haqida bo‘layotgan gap so‘zlarga munosabat bildirdi.

U ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus bilan bog‘liq postlar ostida insonlar tomonidan bildirilayotgan fikrlardan xafa bo‘layotganini aytgan.

Uning kuzatishi bo‘yicha tarmoqda ko‘plar virusni yuqtirib olib, O‘zbekistonga qaytib kelganidan g‘azablanmoqda va tarmoq foydalanuvchilari virusga chalinganlar o‘sha yerlarda qolib ketish kerak edi mazmunidagi fikrlarini bildiro‘oqda.

“Qanday shu vaziyat bo‘lishi mumkin?! Bir xil odamlarda chet elda vaqtincha yashash imkoni bor, boshqalarda esa yo‘q, ketganlar nima qilishsin, axir ular ataylab kasal bo‘lib kelishni xohlamagan edi. Odamlarga bir voqea bersang, oyog‘i bilan bosib o‘tib ketadilar. Allohdan chin qalbingizdan shu dardga davo so‘rasangiz,  o‘zingizga savob bo‘ladi! Nafratlanmanglar, axir sizning ulardan farqingiz yo‘q. Italiyada hamma ashula aytib, musiqiy instrumentlarni chalib bir-birini qo‘llab-quvvatlayapti, ammo bizda hamma jahlda yashashyapti! Men koronavirusdan qo‘rqmayman, men hurmatsizlikdan qo‘rqaman. Shu kasallik epidemiyasi albatta o‘tib ketadi, lekin yovuz qalblar.... Allohning hukmidan qo‘rqing! Kasal bulganlarga esa Alloh shifo bersin” – deb yozadi aktrisa o‘zining instagramdagi sahifasida.

Kiritildi: 11:29 20.03.2020. O'qildi: 5912 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!