Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi qirol Charlz III ning iltimosiga binoan uning ukasi Endryuni vise-admiral unvonidan mahrum qiladi, deb xabar bermoqda BBC
Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Jon Hilining ma’lum qilishicha, harbiy idora shahzoda Endryuni Qirollik dengiz floti vise-admirali unvonidan mahrum etishga tayyorlanmoqda. Bu uning akasi, Buyuk Britaniya qiroli Charlz III ning istagi ekanligi aytildi.
Vise-admiral unvoni Endryu barcha unvon va imtiyozlardan mahrum etilganidan so‘ng unda qolgan so‘nggi rutba edi. Bunga sabab, u jinsiy jinoyatlari uchun ayblangan moliyachi Jeffri Epshteyn bilan aloqador hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, sobiq shahzoda Endryu dengiz flotida 22 yil xizmat qilgan. U 1982 yildagi Folklend urushi paytida harbiy vertolyot uchuvchisi bo‘lgan.