Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Shahrixonda fuqaro MIB xodimini kaltakladi

Shahrixonda fuqaro MIB xodimini kaltakladi

10.05.2019 yil soat 18:30 larda Majburiy ijro byurosi Shahrixon tuman bo‘limi davlat inspektorlari D.E. va I.U. xizmat vazifalarini bajarib, tumandagi «Saroy» mahallasida yashovchi S.B.ning xonadoni gaz hisoblagichi uskunasi ko‘rsatkichlarini xatlov dalolatnomasiga tushirayotgan vaqtda, S.B. (1975 y.t.) mast holatda, davlat inspektorlarining qonuniy faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatib, ularni chiqib ketishlarini qat’iy talab qilib, davlat inspektori I.U.ni (1988 y.t.) boshiga urib, tan jarohati yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabariga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan S.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 18:33 30.05.2019. O'qildi: 1911 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!