Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Shahrisabzda Nizomiy nomidagi TDPUning filiali ochildi

Shahrisabzda Nizomiy nomidagi TDPUning filiali ochildi

Hukumat qarorlari bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiallari tashkil etildi (2019 yil 11 iyun, 488-, 489-son).

Qaror bilan Filiallarning asosiy vazifalari belgilab berildi. 

Mazkur Filiallarda o‘quv jarayoni 2019/2020 o‘quv yilidan boshlanadi hamda talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Shuningdek, qaror bilan ushbu Filiallarning vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlandi. 

Qarshi davlat universiteti qoshidagi Shahrisabz akademik liseyining bino va inshootlari  – Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Filialiga, Shahrisabz yengil sanoat kasb-hunar kolleji bino va inshootlari esa Toshkent kimyo-texnologiya instituti Filialiga berildi. 

Mazkur akademik lisey va kasb-hunar kolleji o‘quvchilari o‘qishni bitirgunlariga qadar Filial binolarida o‘quv jarayonini davom ettiradi.

Kiritildi: 12:13 13.06.2019. O'qildi: 3830 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!