Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Shahram G‘iyosovning navbatdagi raqibi aniq bo‘ldi

Shahram G‘iyosovning navbatdagi raqibi aniq bo‘ldi

Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shahram G‘iyosov (9-0, 7 KO) 15 avgust kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Shu kuni G‘iyosovga meksikalik tajribali bokschi Fransisko Roxo (22-3, 15 KO) raqibliq qiladi. Roxo professional boksdagi faoliyati davomida 25ta jang o‘tkazgan bo‘lsa, ularning ikkitasi mintaqaviy chempionlik kamari uchun ringga chiqqan va birida mashhur Rayan Martinga kichik hisobda yutqazib qo‘ygan. So‘nggi marta 2018 yilning aprel oyida ringga ko‘tarilgan.

Shahram va Roxo o‘rtasidagi jang Oklahoma shtatining Talsa shahrida bo‘lib o‘tadi va WBA International chempionlik kamari uchun kechadi. Jang oqshomining markaziy jangida o‘ta yengil vazn toifasida WBC chempionlik kamari sohibi, meksikalik Xulio Sezar Martines puerto-rikolik MakUilmyas Arroyoga qarshi ringga ko‘tariladi.

Kiritildi: 10:58 30.06.2020. O'qildi: 2486 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!