Bugun 21 avgust, 2026 yil, juma

КИР

Shahar markazida velosipedda yurish taqiqlandi

Shahar markazida velosipedda yurish taqiqlandi
Italiyaning Komo shahri meri Alessandro Rapineze elektrovelosiped uni urib yuborganidan so‘ng shaharning tarixiy markazida velosipedda yurishni taqiqladi. Xabar qilinishicha, sentyabrdan boshlab shahardagi 30ga yaqin ko‘chada velosiped haydash taqiqlanadi. Velosipedchilar ushbu hududlarda velosipedini yetaklab, piyoda yurishlariga to‘g‘ri keladi. Ushbu qaror mahalliy aholi noroziligiga sabab bo‘ldi. Faollar taqiq bekor qilinishi uchun imzo yig‘ishni boshlab yuborishdi. Velosipedchilar esa sentyabr o‘rtalarida velosipedda yurish taqiqlangan ko‘chalarda norozilik marshini o‘tkazishmoqchi. «Meni elektrovelosiped urib yuborgani uchun ushbu qarorni chiqarganlikda ayblashyapti. Bu shubhasiz to‘g‘ri. Odam o‘z tajribasidan kelib chiqib harakat qiladi va men bu ablahlardan biri urib ketishi qanday bo‘lishini yaxshi bilaman», — dedi Rapineze. Iyun oyida mer shahar ma’muriyati binosidan chiqib kelayotganida uni elektrovelosiped urib yuborgan va qochib ketgan. Rapineze ushbu taqiqni turistlar gavjum joylarda xavfsizlikni ta’minlash zarurati bilan izohladi. Cheklov oddiy velosipedlarga ham, elektrovelosipedlarga ham birdek taalluqli bo‘ladi.
Kiritildi: Bugun 15:52. O'qildi: 773 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!