Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

“Sevgiga ishonaman!” 5 marta ajrashgan yulduz oltinchi erini qidirmoqda

“Sevgiga ishonaman!” 5 marta ajrashgan yulduz oltinchi erini qidirmoqda

Pamela Anderson oltinchi marta turmushga chiqmoqchi.

“Sevgiga ishonaman!” 5 marta ajrashgan yulduz oltinchi erini qidirmoqda

O‘tmishda beshta muvaffaqiyatsiz nikohga qaramay, mashhur malla soch xonim hali ham baxtli oilani orzu qilmoqda.

Ma’lumki, Gollivud yulduzining birinchi eri rok musiqachisi Tommi Li bo‘lib, juftlik oilada ikki farzand dunyoga kelgach ajrashgan.

Birinchi ajrimdan keyin yana to‘rt marta mehrobga chiqqan Anderson ikkinchi marotaba musiqachi Kid Rok, uchinchi marta esa prodyuser Rik Salomon bilan oila qurgan.

Aktrisaning to‘rtinchi eri prodyuser Jon Peterson bo‘lgan. Shunisi e’tiborga loyiqki, Anderson unga ikki marta turmushga chiqqan.

Ammo afsuski, ikkinchi nikoh atigi 12 kun davom etgan.

Xorijiy saytlarga ko‘ra, Pamela hozirda oltinchi erini qidirmoqda.

Mashhur bu hayotdan baxtli oila uchun yana bir imkoniyat olishni kutayotganini yashirmayapti.

Kiritildi: 21:37 30.05.2020. O'qildi: 6931 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!