Uning so‘zlariga ko‘ra, rus harbiylari ma’lum darajada harbiy muvaffaqiyatga erishdi — ular shaharning bir qismini egallashga muvaffaq bo‘ldi. Biroq ukrainalik harbiylar to‘planib, mudofaa chizig‘ini qurdilar, endi esa Severodoneskni to‘liq Ukraina nazorati ostiga qaytarishga harakat qilishmoqda.
“Shahar Ukrainaniki bo‘lib qoladi... Harbiylarimiz dushmanni shahardan siqib chiqarish uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda, pozision ko‘cha janglari olib borilmoqda. Bu doimiy artilleriya o‘qlari bilan birga davom etadi. Vaziyat ancha tarang, ammo qurolli kuchlarimizda hammasi yaxshi bo‘lishiga umid va ishonch bor", — dedi Stryuk.
3 iyun kuni Lugansk viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Gayday dushman kuchlari Severodoneskning 70 foizga yaqin qismini egallab olganini, biroq Ukraina Qurolli kuchlari ularni 20 foizga yaqin ortga qaytarganini aytdi.
Severodonesk 2014 yilda Lugansk o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan LXR nazorati ostiga o‘tgach, Ukrainaga tegishli Lugansk viloyatining ma’muriy markaziga aylangan edi.
Severodonesk va qo‘shni Lisichansk Lugansk viloyatidagi Rossiya hali to‘liq qo‘lga kiritmagan so‘nggi yirik shaharlardir.