Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Severo-Kurilskda yoqilg‘i sotuviga cheklovlar joriy etildi

Severo-Kurilskda yoqilg‘i sotuviga cheklovlar joriy etildi

Saxalin viloyatining Severo-Kurilsk shahrida benzin sotuviga limitlar belgilandi, deb yozmoqda "Meduza".

Mahalliy ma’muriyat buni "so‘nggi kunlarda yoqilg‘i quyish shaxobchalarida aholi o‘rtasida asossiz shov-shuv kuzatilgani" sababli oldini olish chorasi deb atadi. Ma’muriyat shaharda yoqilg‘i tanqisligi yo‘qligini, yetkazib berish ishlari "qat’iy reja grafigi bo‘yicha" amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.

Severo-Kurilskda benzin sotuvi vaqtincha bitta mashinaga 20 litr qilib cheklandi, yoqilg‘ini kanistralarga quyish taqiqlandi.

Severo-Kurilsk Paramushir orolida joylashgan. Yoqilg‘i u yerga dengiz orqali yetkaziladi. Navbatdagi yoqilg‘i yuki kelgusi haftada kelishi kutilmoqda, shundan so‘ng benzin limitini mashinaga 30 litrgacha oshirish va’da qilinmoqda.

Kiritildi: 16:02 25.06.2026. O'qildi: 1366 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik