"Severniy potok-2" gaz quvuriga egalik qiluvchi "Nord Stream 2 AG" kompaniyasi Yevropa Ittifoqiga qarshi sudga da’vo arizasi bilan murojaat qildi, deb xabar bermoqda Reuters agentligi.
Kompaniya YEIning 2027 yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechish tartibini bekor qilishni talab qilyapti.
Da’vogarning ta’kidlashicha, bu taqiq kompaniyani tovon puli to‘lanmasdan turib, gaz quvuridan foydalanish imkoniyatidan amalda mahrum qilmoqda.
Ma’lumot uchun, 2022 yilgacha Rossiya YEI gaz importining qariyb 40 foizini ta’minlagan bo‘lsa, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich taxminan 13 foizgacha tushdi.