Ko‘chada yashashdan charchagan migrantlar yangi joylashtirish markazlariga shoshilishgan va natijada tiqilinch yuzaga kelgan. Oxir-oqibat, joylar hamma uchun yetarli bo‘lmagan. Polisiya odamlar oqimini nazorat qilishga uringan va tayoqlardan foydalangan. Seuta hukumati esa operasiya belgilangan tartibda o‘tganini ma’lum qilgan.
RTVE ma’lumotlariga ko‘ra, Seuta sohillarida hali ham qariyb 3 ming migrant qolmoqda, eksklavdagi migrantlarning umumiy soni esa 10 minggacha yetadi. Fransiyaning AFP agentligi esa ularning umumiy sonini 13 ming deb baholamoqda. Turli chodir lagerlaridagi joylar soni esa 6 ming atrofida.