Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Sergey Shoyguni O‘zbekistonda yasalgan yig‘ma lavh qiziqtirib qoldi

Sergey Shoyguni O‘zbekistonda yasalgan yig‘ma lavh qiziqtirib qoldi

ArMI-2018 xalqaro harbiy o‘yinlarining so‘nggi kunida Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu, musobaqa doirasida tashkil qilingan “Do‘stlar uyi”ga tashrif buyurib u yerda uyushtirilgan milliy ko‘rgazmalar bilan tanishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Rossiya mudofaa vazirini, ayniqsa, O‘zbekistonda yog‘ochdan yasalgan yig‘ma lavh qiziqtirib qoldi”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, Shoygu Myanma, Uganda va Iordaniyadan olib kelinga musiqa aspoblari va bezakli idishlar  bilan tanishib chiqdi va Xitoy ko‘k choyi hamda Qirg‘iziston mineral suvini tatib ko‘rdi.

ArMI-2018 xalqaro harbiy o‘yinlari doirasida tashkil qilingan “Do‘stla uyi”da, musobaqa ishtirokchilari bo‘lgan 18 mamlakatdan olib kelingan amaliy san’at namunalari, milliy noz-ne’matlar namoyish etildi, milliy musiqa va qo‘shiqlar ijro etildi.

 

Kiritildi: 11:48 12.08.2018. O'qildi: 1777 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!