Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Sergey Lavrov izolyasiyaga olindi

Sergey Lavrov izolyasiyaga olindi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining 27 oktyabr kuni bergan xabariga ko‘ra, vazir Sergey Lavrov COVID-19 ga chalingan shaxs bilan aloqada bo‘lgan. Shuning uchun Lavrov o‘zini izolyasiyaga oladi.

Tashqi ishlar vazirligining matbuot kotibasi Mariya Zaharova "Feysbuk"dagi sahifasida ayni paytda Lavrov o‘zini yaxshi his qilayotganini, lekin uning rejalashtirilgan tashriflari keyinga qoldirilganini ma’lum qilgan.

Lavrov 26 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Gresiyaga borgan. Yunon rasmiylari bilan qilgan suhbat chog‘ida uning yuzida niqob bor edi.

"Kommersant"ning yozishicha, Lavrov koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri omma oldida qilgan chiqishlarining ikkitasidagina yuz niqobida ko‘rinish bergan, xolos.

Sergey Lavrov 28 oktyabr kuni Bosniya va Gersogavinaga borishni rejalashtirgandi. U shundan keyin Serbiyaga borib, uning prezidenti bilan uchrashishi kerak edi.

Ma’lumot uchun, Rossiya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha 1 547 774 nafar bemor bilan dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turibdi. Shuningdek, bu mamlakatda hozirgacha 26 589 kishi COVID-19 qurboniga aylangan.

So‘nggi paytlarda Rossiyada koronavirus bilan bog‘liq holat yomonlashmoqda. Shuning uchun rus hukumati seshanbadan boshlab butun mamlakat bo‘ylab yuz niqobini taqishni majburiy qilib qo‘ydi va restoran hamda barlarning tundagi faoliyatini chekladi.

Kiritildi: 12:58 28.10.2020. O'qildi: 2869 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!