Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

"Sergey Lavrov Gitler haqidagi so‘zlari uchun uzr so‘rashi kerak"

"Sergey Lavrov Gitler haqidagi so‘zlari uchun uzr so‘rashi kerak"

Evropa yahudiylar kongressi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQShning Rossiyaga nisbatan siyosatini Adolf Gitlerning yahudiy masalasini hal qilishga urinishlari bilan solishtirgani uchun uzr so‘rashi kerak, deb hisoblaydi. Bu haqda kongress saytidagi bayonotda aytiladi.

«Biz vazir Lavrov tomonidan demokratik davlatlar koalisiyasining harakatlari hamda Gitler tomonidan olti million yahudiyning ta’qib qilinishi va o‘ldirilishi o‘rtasidagi sharmandali taqqoslashdan hayratga tushdik», dedi kongress prezidenti Ariel Muzikant. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu fojia g‘oyasini buzadi, shuning uchun Kongress Rossiya vaziridan uzr talab qilyapti.

Ma’lumot uchun, 18 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani chog‘ida Lavrov AQShning Rossiyaga qarshi koalisiya tuzishdagi faoliyatini Napoleon va Adolf Gitlerning harakatlari bilan solishtirgandi. «Napoleon Yevropani Rossiyaga qarshi safarbar qilgani kabi, Gitler kabi AQSh ham Yevropa Ittifoqi va NATO a’zolaridan iborat koalisiyani tuzdi», degandi diplomat.

Kiritildi: 13:11 19.01.2023. O'qildi: 5953 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!