Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Sergelidagi badbo‘y hid yuzasidan 22 nafar mansabdorga qarshi ish qo‘zg‘atildi

Sergelidagi badbo‘y hid yuzasidan 22 nafar mansabdorga qarshi ish qo‘zg‘atildi

Oqova suv tozalash inshootlari xizmat ko‘rsatadigan ifloslantiruvchi ishlab chiqarish korxonalari faoliyati yuzasidan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Farhod Dehqonov quyidagilarni ma’lum qildi:

- Sergeli tumani hududida ba’zi paytlari kuzatilayotgan badbo‘y hidni bartaraf qilish maqsadida “Toshkent shahar suv ta’minot” MCHJ taqdim qilgan potensial xavfli korxonalar ro‘yxati bo‘yicha Bektemir va Salar oqova suv tozalash inshootlariga texnik suvlarni tashlovchi korxonalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha biznes-ombudsman ruxsatiga asosan tekshiruvlar amalga oshirildi.
Uning natijalariga ko‘ra, korxona va tashkilotlarning 22 nafar mas’ullariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksi tegishli moddalari bilan ma’muriy ishlar qo‘zg‘atildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, korxonalarda lokal oqova tozalash tizimini ishga tushirish, ularni ta’mirlash va samarali ishlashini ta’minlash yuzasidan qisqa muddatda bajarilishi lozim bo‘lgan majburiy ko‘rsatmalar berildi.

Bektemir tumanida joylashgan 9 ta korxona tomonidan berilgan majburiy ko‘rsatmalar o‘z vaqtida bajarilmaganligi sababli davlat ekologik ekspertizasining belgilangan muddatdan oldin amal qilishini to‘xtatish va shahar kanalizasiya tarmog‘idan uzish maqsadida Toshkent shahar iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritildi.

Salar oqova suv tozalash inshootiga ishlab chiqarish oqova suvlarini tashlovchi 18 ta korxonadan 11 tasida tekshirishlar amalga oshirildi.

Me’yor darajasida tozalanmagan oqova tashlayotgan korxonalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

Kiritildi: 09:21 13.06.2021. O'qildi: 2366 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!