Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Sergelida qurilgan uylarning «potologi»dan chelaklab suv oqmoqda (VIDEO)

A A A
Sergelida qurilgan uylarning «potologi»dan chelaklab suv oqmoqda (VIDEO)

Toshkentdagi Sergeli tumanida qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylar sifatida haqida uzoq gapirish mumkin. Lekin mana bu tasvirlarni ko‘rgan kishi bu haqda keragidan ortiq tasavvurga ega bo‘ladi.

Telegramdagi "Qo‘shni mahalla" kanali quyidagi video bilan birga postni e’lon qildi.

Bu — Sergelidagi 8-uchastka, 37-uyda qurilgan xonadonlarning biridan olingan lavha. Bizga bu lavhalarni yuborgan kanalimiz o‘quvchilarining aytishicha, xonadon «potologi»ning qayerini teshsangiz ham suv oqib tushaveradi. Har bir «tochka»dan besh-olti chelakdan... 

Bu holatni kuzata turib, bu uylarni qaysi «professional» ustalar qurayotganiga hayron qolasan kishi. Ular bu yerda ertaga odam yashashini hisobga olganmikan? Aslida bu uylarning nomi arzon, illo o‘zi emas.  Odamlar yillar davomida misqollab yiqqan o‘z pullariga uylarni xarid qilyapti-ku axir?! 

Shu narsa aniqki, bu uylarni qurganlarning birortasi buni tekinga ham olmaydi va bu yerda bog‘lab qo‘ysangiz ham yashamaydi. Chunki ular bu uylarni istalgan payt suv bosib ketishi mumkinligini, devori qo‘porilib tushishini, umuman, uyning bu sifati uzoqqa bormasligini yaxshi bilishadi. 

Hammaga insof bersin. Ayniqsa quruvchilarga. Ayniqsa, Sergelidagi quruvchilarga.

P.S: Qurilish vazirligi, Toshshahar qurilishinvest kompaniyasi va hokimlikdan ushbu masalada izoh kutamiz.

Kiritildi: 17:09 20.01.2020. O'qildi: 3137 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!