Bugun 19 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Sergelida 53 ta xonadon va 1 ta ko‘p qavatli uy gazsiz qoldi

Sergelida 53 ta xonadon va 1 ta ko‘p qavatli uy gazsiz qoldi

Sergelida mashina gaz quvuriga urilishi oqibatida 53 ta xonadon va 1 ta ko‘p qavatli uy gazsiz qoldi.

Tumanidagi "Yangi Darxon" MFY Navro‘z ko‘chasida avtomobil o‘rta bosimli gaz quvuriga zarar yetkazgani sabab gaz sizib chiqqan.

Shuningdek, hududdagi 53 ta xonadon va 1 ta ko‘p qavatli uyda soat 07:30 dan gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan.

Ayni paytda avariya brigadasi ta’mirlash ishlarini olib bormoqda.

Kiritildi: 09:31 18.09.2026. O'qildi: 378 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!