Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Serbiya saylovlar oldidan parlamentni tarqatib yubordi

Serbiya saylovlar oldidan parlamentni tarqatib yubordi

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich mamlakat parlamenti — Milliy assambleyani rasman tarqatib yubordi. U xalqqa murojaatida navbatdan tashqari parlament saylovlari 25 oktyabrda o‘tkazilishini ma’lum qildi.

«Ushbu farmon e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. Men parlament saylovlarini o‘tkazishni e’lon qilaman va ularni 25 oktyabrga belgilayman», — dedi Serbiya prezidenti.

Vuchichning ta’kidlashicha, agar mamlakatda «bunday keskinlik» va «bunday siyosiy mojarolar» bo‘lmaganida, muddatidan oldin saylov o‘tkazish zarurati yuzaga kelmagan bo‘lar edi.

Serbiya qonunchiligiga ko‘ra, muddatidan oldin parlament saylovlarini o‘tkazish uchun Milliy assambleyani tarqatib yuborish talab etiladi. Navbatdagi parlament saylovlari dastlab 2027 yilga rejalashtirilgan edi.

Prezidentlik vakolati 2027 yilda yakunlanadigan Aleksandr Vuchich bo‘lajak parlament saylovlarida hukmron Serbiya Progressiv partiyasi tomonidan bosh vazir lavozimiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan.

Kiritildi: 17:40 09.09.2026. O'qildi: 651 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!