Serbiya neft narxlarining ko‘tarilishi tufayli narxlarning nazoratsiz oshishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Bu haqda Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich buni ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Erondagi keskinlikni hisobga olgan holda, yoqilg‘i narxlarining nazoratsiz oshishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi va tegishli choralar ko‘riladi.
"Mening yondashuvim keyingi oy ichida subsidiya mexanizmlarini aniqlashdir, chunki biz narxlarning nazorasiz oshishiga yo‘l qo‘yolmaymiz. Gaz narxi ko‘tarildi, gaz qolmadi va Qatar kranni yopdi", deb ta’kidladi u.
Serbiya prezidenti hozirgi keskinliklar global bozorlarda neft va gaz narxlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidladi. U bu masalani moliya va energetika vazirlari bilan muhokama qilishini qo‘shimcha qildi.
"Biz nihoyatda qiyin davrga kirmoqdamiz. Agar bu davom esa, bu Yevropadagi hamma uchun tom ma’noda do‘zax bo‘ladi. Agar Hormuz bo‘g‘ozi ochilmasa, neft narxi barchamizni yo‘q qiladi", dedi Vuchich.
Xulosa qilib aytganda, u xayriyatki, Serbiyada katta yoqilg‘i zaxiralari borligini ta’kidladi.