Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

“Sehrli tayoqcha” aks etgan videorolik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini hayratga soldi (Video)

“Sehrli tayoqcha” aks etgan videorolik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini hayratga soldi (Video)

Fizika qonunlariga zid ravishda suv oqimidan yuqoriga intilayotgan yog‘och tayoqcha videoroligi ijtimoiy tarmoq foydalaunvchilarini hayratga soldi, deb xabar berdi "Darakchi" nashri.

Ajoyib fokus aks etgan video bir necha soatda mashhur bo‘lib, 50 mingta laykka ega bo‘ldi. Mazkur rolik oddiygina qilib, “Suvdagi tayoqcha” deb nomlangan.

Shunisi qiziqqi, video muallifi idishga suv quyishni boshlasa, tayoqcha oqim orqali tepaga qarab ko‘tariladi.

“Odamlar ilgari bekorga sehr-joduga ishonmagan” deb izoh qoldirgan foydalanuvchilardan biri.

Ma’lum bo‘lishicha, bunday fokusni uy sharoitida hamma ham amalga oshirishi mumkin. Mo‘’jiza siri oddiy ­– tayoqchaga ip o‘ralgani uchun ham u yuqoriga qarab ko‘tarilar ekan.

Kiritildi: 14:54 14.08.2018. O'qildi: 1313 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!