Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Sayyoramizdagi eng sovuq joy topildi. Unga 17 yil vaqt ketdi

Sayyoramizdagi eng sovuq joy topildi. Unga 17 yil vaqt ketdi

The Epoch Times nashrining xabar berishicha, eng sovuq joy Antarktidadagi Qirolicha Mod yerining sharqiy qismida joylashgan muz qalqonining cho‘qqisidagi Argus va Fuji gumbazlarini bog‘lovchi muz tizmasida joylashgan

U yerda olimlar chuqurligi 2 metrdan 4 metrgacha keluvchi botiqliklarni aniqlashgan. Bu botiqliklarda minus 92-94 darajagacha sovuq havo to‘planadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, agar bunday haroratda ehtiyotsizlik qilib nafas olinsa, sovuq urish jarohatlarini olish mumkin.

Ekologlar Yerdagi eng sovuq joyni 2003 yildan beri Akva va Landsat 8 sun’iy yo‘ldoshlari yordamida qidirib kelishgan. 

Bungacha Yerda qayd qilingan eng sovuq harorat minus 89,2 daraja hisoblangan. Bunday ekstremal harorat 1983 yilda Antarktikadagi Vostok stansiyasida qayd qilingan.

Kiritildi: 10:21 08.08.2020. O'qildi: 6737 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!