Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Sayyoramizda uch kunlik magnit bo‘roni boshlandi

A A A
Sayyoramizda uch kunlik magnit bo‘roni boshlandi

Mutaxassislar bugundan kuchli magnit bo‘roni boshlanishi haqida ogohlantirmoqda, deya xabar bera “Epress.co.uk” internet nashri.
 
Xabarda qayd etilishicha, Quyoshdagi ikkita ulkan tuynukning Yer yuziga burilishi tufayli sayyoramizda magnit bo‘roni kuzatiladi. Shu bois elektron jihozlar, sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi insonlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
 
Qayd etish lozimki, “Aurora borealis” (Yarim sharning porlashi) deb nomlangan tabiat hodisasi Shimoliy va Janubiy yog‘dularga birdek ta’sir ko‘rsatadi.
 
Magnit bo‘roni Yevropaning shimolida Shimoliy yog‘dular timsolida yaqqol ko‘rinadi. Mazkur tabiat hodisasini Islandiya, Norvegiya, Finlandiya va Shvesiyada tomosha qilish mumkin.
 
Ma’lumot uchun, magnit bo‘roni 4 oktyabrdan 7 oktyabrgacha davom etadi.

Manba: qalampir. com

Kiritildi: 21:00 04.10.2018. O'qildi: 1809 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik