Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Sayyoh tatuirovkasi sabab kaltak yedi

A A A
Sayyoh tatuirovkasi sabab kaltak yedi

Xitoyliklar Kamboja baridagi bir sayyohning iyak va peshonasidagi tatuirovkasi sabab  do‘pposlashdi.

32 yoshli Tayvan mamlakati aholisi Pol Ferrell peshonasiga Xitoy iyerogliflari yordamida «Tayvan» yozuvini o‘yib yozdirgan, iyagida esa mamlakat bayrog‘i tushirilgan.

Bu erkak Kambodja pabida dam olib o‘tirganida bir nechta xitoyliklarning Farrell yuzidagi tatuirovkalardan jahli chiqqan. Ulardan biri “Tayvan — bu Xitoy” deb baqirib, bahslashib ketgan va oxir-oqibat sayyohga musht tushirgan. Farrellning boshi yorilib, labi shilngan va ikkita tishi to‘kilgan.

Guvohlarning aytishicha, xitoyliklar sayyohni stulga o‘tkazib, Tayvan — bu Xitoy ekanligini tan olishga majbur qilishgan.

Keyinroq Farrell tatuirovkani mast holda qildirganini tan oldi.

 

Kiritildi: 15:12 29.05.2018. O'qildi: 1650 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik