Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) Livanning «Hizbulloh» harakatiga tegishli bo‘lgan va Bayrut atrofida joylashgan nishonlarga zarbalar berdi.
Bu haqda Isroil hukumati rahbari Binyamin Netanyaxu devonining bayonotida so‘z boradi, bayonot matnini RIA Novosti nashri keltirmoqda.
«Hozirgi vaqtda SAXAL Bayrutning Dahiya mavzesidagi «Hizbulloh» tashkiloti nishonlariga zarbalar bermoqda», — deyiladi bayonotda.
Qayd etilishicha, Isroil harbiylari ushbu zarbalarni mamlakat hududining o‘qqa tutilishiga javoban «Hizbulloh» ob’ektlari bo‘ylab amalga oshirmoqda.