Saudiya Arabistonining Midad Energy kompaniyasi Rossiya neft giganti "Lukoyl"ning taxminan 22 milliard dollarga baholangan xalqaro aktivlari uchun yetakchi da’vogar sifatida paydo bo‘ldi.
Bu haqda Reuters o‘z manbalariga tayanib ma’lum qildi.
Paketga neft konlari, neftni qayta ishlash zavodlari va butun dunyo bo‘ylab minglab yoqilg‘i quyish shoxobchalari kiradi.
Midad Energy to‘liq naqd pul taklifini rejalashtirmoqda, mablag‘lar Rossiya kompaniyasiga qarshi sanksiyalar bekor qilinmaguncha eskrou-hisobvarag‘ida saqlanadi. Kelishuvda boshqa Amerika kompaniyalari ham ishtirok etishi mumkin.
Manbalarga ko‘ra, o‘nga yaqin sarmoyadorlar "Lukoyl" aktivlari, jumladan, Amerikaning Exxon Mobil va Chevron neft kompaniyalari, shuningdek, Carlyle xususiy sarmoyadorlik kompaniyasi bo‘yicha takliflar bergan.