Bugun 4 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Saudiya Arabistoniga uranni boyitish imkoni berilishi mumkin

Saudiya Arabistoniga uranni boyitish imkoni berilishi mumkin

Vashington va Ar-Riyod o‘rtasida atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasidagi hamkorlik bo‘yicha kelishuv Saudiya Arabistoniga uranni 20 foizgacha boyitish imkonini berishi mumkin.

Bu haqda The Wall Street Journal AQSh Kongressi ko‘rib chiqishi uchun yuborilgan hujjat matniga tayanib xabar berdi.

Nashrning qayd etishicha, kelishuv Saudiya Arabistoni hududida uranni boyitishga avtomatik tarzda ruxsat bermaydi. Biroq hujjatda bir necha bosqich nazarda tutilgan bo‘lib, ular bir necha yil ichida uranni boyitish ob’ektini ishga tushirish imkonini yaratishi mumkin.

Kelishuv shartlariga ko‘ra, ikki yil davomida AQSh va Saudiya Arabistoni rasmiylari uranni boyitishning «iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi»ni o‘rganadi hamda yadroviy qurol tarqalishi bilan bog‘liq xavflarni bartaraf etish choralarini ishlab chiqadi.

Agar tomonlar uranni boyitish zarur, degan xulosaga kelsa, AQSh kompaniyalari xorijiy hamkorlari bilan birgalikda uranni 5 foizgacha boyitish imkonini beradigan ob’ekt quradi.

Keyinchalik esa boyitish darajasi 20 foizgacha yaqinlashishi mumkin, deb yozmoqda The Wall Street Journal.

Nashr, shuningdek, kelishuv matnida Saudiya Arabistonidan Isroil bilan munosabatlarni normallashtirish yoki «Ibrohim kelishuvlari»ga qo‘shilish talab qilinmaganini ta’kidladi.

Kiritildi: 14:51 03.09.2026. O'qildi: 338 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!