Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Saudiya Arabistonidagi hayvon haykallari eng qadimiysi deb topildi

Saudiya Arabistonidagi hayvon haykallari eng qadimiysi deb topildi

Saudiya Arabistonida qoyalardan o‘yib ishlangan ulkan tuya haykallari 2018 yilda topilgan, o‘shanda olimlar ularning tarixi eramizning boshlariga borib taqalishini aytgan edi.
Biroq so‘nggi tadqiqotlar ushbu haykallar 7-8 ming yil avval yasalganini ko‘rsatdi, ya’ni ular dunyodagi eng ko‘hna hayvon haykallaridir.

Podshoh Saud universiteti, Germaniyaning Maks Plank instituti va Fransiyaning Ilmiy tadqiqotlar milliy markazi haykallarning yoshini aniqlash uchun ularni yasashda ishlatilgan asboblar izlarini tahlil qilish hamda nurash va eroziya jarayonlarini modellashtirish singari bir qator usullardan foydalanishdi. Bundan tashqari, arxeologlar haykallar yaqinida qazishmalar olib borib, mehnat qurollari va hayvonlarning suyaklarini topishdi, ularning yoshi radiouglerodli usul yordamida aniqlandi.

Tadqiqot natijalari AQShning Journal of Archaeological Science jurnalida e’lon qilindi.

Qoyalarda ulkan tuyalardan tashqari o‘nlab hayvonlarning tabiiy kattalikdagi haykallari ham bor. Ular nima uchun yasalgan degan savolga olimlar hali javob topa olgani yo‘q.

Kiritildi: 12:00 16.09.2021. O'qildi: 2161 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!