Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Saudiya Arabistonida ilk bor ayollarga haydovchilik guvohnomasi berildi

A A A
Saudiya Arabistonida ilk bor ayollarga haydovchilik guvohnomasi berildi

Saudiya Arabistoni tarixida ilk bor ayollarga haydovchilik guvohnomasi berildi, deb xabar qilmoqda "sof.uz" Associated Pressga tayanib.

Qirollik Yo‘l polisiyasi o‘zining Twitter'ida ayollarga haydovchilik guvohnomasini topshirish aks etgan videolavhani joylashtirdi. Guvohnoma olgan ayolning ismi noma’lum, lekin uning xalqaro guvohnomasi bo‘lganligi aytib o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ben Abdul Aziz al-Saud boshqa mamlakatlar haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan ayollarga qirollik guvohnomalari berishga ruxsat etgandi. Mahalliy OAVlar xabariga ko‘ra, ushbu voqea Qirollik uchun “tarixiy” voqea bo‘lgan.

Aytish joizki, Saudiya Arabistonida oldin ham ayollarga avtomobil haydan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’qiqlanmagan edi, lekin haydovchilik guvohnomalari oldin faqat erkaklarga berilar edi. Ayol kishi avtomobil boshqargani ma’lum bo‘lsa unga katta jarima solinishi mumkin bo‘lgan.

Kiritildi: 09:32 05.06.2018. O'qildi: 1818 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik