Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Saudiya Arabistonida husiylar hujumi qaytarildi

Saudiya Arabistonida husiylar hujumi qaytarildi

Saudiya Arabistoni havo mudofaasi poytaxt Ar-Riyod va mamlakat janubi-g‘arbidagi Xamis-Mushayt shahri tomon uchirilgan ikki dron va ikki ballistik raketani tutib qolib, yo‘q qilganini ma’lum qildi. Saudiya boshchiligidagi arab koalisiyasi vakili Turki al-Malikiyning aytishicha, husiylar Ar-Riyodga ikki dron, Xamis-Mushaytga esa ikki ballistik raketa uchirgan.

Shundan so‘ng Saudiya Fuqaro mudofaasi bosh boshqarmasi Jizon, Abha va Xamis-Mushayt aholisini ehtimoliy xavfdan ogohlantirdi. Keyinchalik ogohlantirishlar bekor qilingan.

Rasmiylar mamlakatga qarshi raketalar va dronlardan foydalanish bilan bog‘liq tahdidlarni kuzatishda davom etayotganini bildirdi.

Kiritildi: 15:19 26.09.2026. O'qildi: 1307 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik