Bugun 16 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Saudiya Arabistoni Yamanni Suriyaga aylantirishga uringan — OAV

Saudiya Arabistoni Yamanni Suriyaga aylantirishga uringan — OAV

Yamanning Saudiya Arabistoniga sodiq bo‘lgan kuchlari mamlakatning g‘arbiy sohilida mag‘lubiyatga uchrashi natijasida Er-Riyodning Bashar Asad rejimi ag‘darilishidagi «Suriya ssenariysi»ni Yamanga ko‘chirish rejasi barbod bo‘ldi. Bu haqda Al Akhbar nashri xusiylar orasidagi manbalarga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, Er-Riyod ushbu rejani bir yildan ortiq vaqt davomida tayyorlagan va bu maqsadda Suriyadan jangarilarni yollagan.

Manbalarga ko‘ra, xusiylar Saudiya Arabistoni Suriyadan radikal jangarilarni o‘z hududi orqali Yamanga o‘tkazganini tasdiqlovchi razvedka ma’lumotlariga ega bo‘lgan.

Shuningdek, Damashq Saudiya Arabistonining Al-Vadiya va Sharra hududlarida Suriya salafiy guruhlarini tayyorlashda ishtirok etgani ta’kidlanmoqda.

Xusiylar razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiya ham jangarilarni Yamanning turli hududlariga o‘tkazishni tashkil etishda ishtirok etgan.

Natijada, nashr yozishicha, «Suriya ssenariysi» xusiylar tomonidan amalga oshirilgan va ular jangovar qobiliyati past bo‘lgan Saudiya tarafdori kuchlar pozisiyalariga tezkor zarba bergan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Yamandagi rejaning muvaffaqiyatsizlikka uchrashi Saudiya Arabistoni rahbarlarini shoshilinch ravishda yangi ittifoqchilar izlashga majbur qilgan.

Kiritildi: Bugun 09:23. O'qildi: 381 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!