Bugun 25 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Saudiya Arabistoni va BAA Trampdan urushni davom ettirishni so‘radi

Saudiya Arabistoni va BAA Trampdan urushni davom ettirishni so‘radi

"Fors ko‘rfazidagi ayrim arab davlatlari AQSh prezidenti Donald Trampning Eron bilan urushni tugatish bo‘yicha kelishuv tuzish niyatidan xavotirda. Ular bunday kelishuv oqibatida mintaqada hamon qudratli raqib bilan yuzma-yuz qolishdan qo‘rqmoqda va harbiy harakatlarni davom ettirishni talab qilmoqda", deya xabar beradi nashr manbalariga tayanib.

Qayd etilishicha, bu orada Turkiya Yaqin Sharq mamlakatlarini urushni tezroq tugatish zarurligiga ishontirishga urinib, faol diplomatik sa’y-harakatlarni boshlagan. Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari yetakchilari esa Trampni Eron qo‘shnilariga “xavf tug‘dirmaydigan darajada” zaiflashguncha urushni davom ettirishga ko‘ndirishga harakat qilmoqda.

Gazeta manbalariga ko‘ra, Ar-Riyod Vashington tomonidan Tehronga topshirilgan 15 banddan iborat rejadan qoniqish hosil qilmagan. Ushbu reja Eron AQSh bilan kelishmovchilikka sabab bo‘layotgan barcha asosiy masalalar bo‘yicha yon bosishi evaziga nizoni hal qilish va sanksiyalarni to‘liq bekor qilishni ko‘zda tutadi.

Saudiya Arabistoni va BAA hozirgi bosqichda kelishuv tuzilishi Eronga Fors ko‘rfazidan energiya resurslari eksportini uzoq vaqt davomida nazorat qilish imkonini berishi va boshqa davlatlar xavfsizligini xavf ostiga qo‘yishidan xavotirda. Hozirda Eron amalda jahon bozoriga kuniga qariyb 20 million barrel neft va neft mahsulotlari chiqariladigan, shuningdek, dunyodagi suyultirilgan tabiiy gaz eksportining 20 foizidan ortig‘i o‘tadigan Ho‘rmuz bo‘g‘ozini to‘sib qo‘ygan. Tehron ushbu muhim bo‘g‘oz ustidan nazoratni urushdan keyin ham saqlab qolmoqchi.

Kiritildi: Bugun 19:22. O'qildi: 507 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!