Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Saudiya Arabistoni Ramazon oyi munosabati bilan O‘zbekistonga 50 tonna xurmo sovg‘a qildi

Saudiya Arabistoni Ramazon oyi munosabati bilan O‘zbekistonga 50 tonna xurmo sovg‘a qildi

23 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi, «Vaqf» xayriya jamoat fondi rahbarlari hamda Saudiya Arabistoni podshohligining O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari bilan samimiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda fond matbuot xizmati xabar berdi, deyiladi «Daryo» xabarida.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni podshohligi o‘rtasida ishonchli hamkorlik va do‘stona munosabat o‘rnatilgan bo‘lib, ikki davlat orasida ko‘plab qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.

Uchrashuv chog‘ida Saudiya Arabistonining «Podshoh Salmon» nomidagi insonparvarlik yordami markazi kelayotgan Ramazon oyi munosabati bilan, mamlakatga beg‘araz ko‘mak sifatida 50 tonna xurmo sovg‘a qilgan. Xurmolarni Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchisi Hishom ibn Mish’al ibn Suvaylim O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov va «Vaqf» xayriya jamoat fondi rahbari Yahyo Abdurahmonovga topshirgan.

Mazkur xurmolar «Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan Ramazon oyi arafasida respublikadagi tashkilotlar, masjidlar, madrasalarga xayriya sifatida tarqatilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 17:20 25.03.2021. O'qildi: 2327 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!