Saudiya Arabistoni havo hujumidan mudofaa kuchlari mamlakatning g‘arbiy qismida Yaman hududidan uchirilgan raketani urib tushirdi.
Bu haqda husiylarga qarshi arab koalisiyasining rasmiy vakili Turkiy al-Molikiy X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Uning bildirishicha, Yamandan uchirilgan raketa Saudiya Arabistonining g‘arbiy qismi osmonida havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan aniqlanib, yo‘q qilingan.
Hozircha raketaning aniq qaysi hududga yo‘naltirilgani va hodisaning ehtimoliy oqibatlari haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.