Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Saudiya Arabistoni monopoliyani cheklashni boshladi

A A A
Saudiya Arabistoni monopoliyani cheklashni boshladi

Saudiya Arabistoni hukumati mamlakatning eng yirik kompaniyasi Saudi Aramco’ga neftni monopol tarzda qazib olishga imkon beruvchi lisenziya muddatini chekladi. Bu mamlakatda iqtisodiy islohotlar sari birinchi qadam bo‘lishi mumkin, deb yozadi Financial Times.

Shu paytga qadar Saudi Aramco mamlakat neftini qazib olish bo‘yicha muddatsiz lisenziyaga egalik qilgan. Endi uning muddati 40 yil etib belgilangan. Formal o‘zgarishning maqsadi mahalliy iqtisodiyotni jahon standartlariga olib kelish bo‘lishi mumkin. Bunday qadam birjaga chiqishga tayyorlanayotgan Saudi Aramco’ga investorlarni jalb qilishi mumkin.

Hukumat lisenziya uchun 20 yillik muddatni ham ko‘rib chiqqan, biroq bu yakunda kompaniya ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, degan qarorga kelingan.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 06:31 28.08.2018. O'qildi: 1214 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik