Bugun 7 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Saudiya Arabistoni klubi Saloh bilan muzokaralar olib bormoqda

Saudiya Arabistoni klubi Saloh bilan muzokaralar olib bormoqda

"Al Ahli" ayni damda "Liverpul"ning 32 yoshli qanot hujumchisi Muhammad Saloh bilan muzokara olib bormoqda, shuningdek mersisaydliklarning 33 yoshli markaziy himoyachisi Virjil van Deykning shartnomasi borasidagi vaziyatni kuzatmoqda.

"Al Ahli"ning rejasi ushbu futbolchilarga bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan uch yillik shartnoma taklif qilishdir. Misrlik o‘yinchining maqsadi "Liverpul"da qolish ekanligi aytilmoqda, ammo u Saudiya Arabistoniga yo‘l olish imkoniyatini istisno etmaydi.

Saloh va van Deykning Angliya klubi bilan tuzgan shartnomalari 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 21:25 06.10.2024. O'qildi: 324 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!