Saudiya Arabistoni tomoni Yaman isyonchi harakati "Ansor Alloh" (husiylar) tomonidan mamlakatga qilingan so‘nggi hujumlar fonida jiddiy bayonot berdi.
Qirollik energetika vaziri shahzoda Abdulaziz bin Salmon Al Saud mamlakat husiylarga "jiddiy javob" berishini ta’kidlagan.
"Vaziyat qiyinlashganda tizimimiz bosim ostida qanday ishlaydi ? Bu muhim chidamlilik sinovlari va Saudiya Arabistoni ularga duch kelishga tayyor. So‘nggi haftalardagi voqealar jiddiy va bizning javobimiz ham xuddi shunday keskin bo‘lishi kerak", dedi u Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan Jahon energetika kongressi doirasidagi nutqida.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni o‘zining 2030 yilga mo‘ljallangan "Vision 2030" strategiyasni - mamlakat iqtisodiyotini diversifikasiya qilish dasturini amalga oshirishda davom etadi, bu uning neftga qaramligini kamaytirishga qaratilgan.
Vazirning ta’kidlashicha, Saudiya Arabistoni xalqaro sheriklar bilan hamkorlikka "qat’iy sodiq" bo‘lib qolmoqda.