Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Saraton kasalligiga ishora qiluvchi beshta kutilmagan belgini bilasizmi?

Saraton kasalligiga ishora qiluvchi beshta kutilmagan belgini bilasizmi?

Onkologik kasallik belgilarini erta bosqichda aniqlash juda murakkab, deb yozadi Express nashri.

Ta’kidlanishicha, saraton kasalligining ayrim eng keng tarqalgan belgilari insonni yomon his qildirmaydi, shu boisdan aksariyat vaqtlarda ular e’tibordan chetda qoladi.

Shifokorlar saraton kasalligining aksariyat odamlar umuman e’tibor bermaydigan beshta kutilmagan belgilarini sanab o‘tdilar.

Gap ovqat yutishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar haqida bormoqda. Mutaxassislar so‘zlariga ko‘ra, bu belgi qizilo‘ngach saratonidan dalolat beradi.

Salqib qolgan qovoqlar esa odatda o‘pkada xavfli o‘simta yuzaga kelayotganidan darak beradi. Ovoz xirildoqligi tomoq (kekirdak) saratoniga ishora qiladi.

Shifokorlar qorinda muntazam dam yuzaga keladigan taqdirda tibbiy yordam uchun murojaat qilishni tavsiya etishadi, sababi, bunday belgi tuxumdonlar saratonidan darak berishi mumkin.

Bundan tashqari, peshob rangi o‘zgarishiga ham e’tiborli bo‘lish kerak. Mutaxassislarning ogohlantirishicha, tim-jigarrang peshob oshqozon osti bezi saratonidan, qizil rangdagi peshob esa - buyrak, qovuq yoki prostatada yuzaga kelayotgan onkologik kasalliklardan belgi bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 13:03 23.02.2021. O'qildi: 3905 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!