Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarosi fojiali tarzda halok bo‘ldi

Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarosi fojiali tarzda halok bo‘ldi

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, 2019 yilning 7 iyun kuni Leningrad viloyatida qurilayotgan obektda yashin urishi natijasida O‘zbekiston fuqarosi 11.02.1995-yilda tug‘ilgan Zuxriddin Rashid o‘g‘li Yusupov vafot etgan.

Sankt-Peterburgdagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ushbu hodisa yuzasidan tekshiruv o‘tkazayotgan Sosnovoborsk tumanlararo tergov bo‘limi bilan aloqa o‘rnatgan va vaziyatni nazoratga olgan. Bosh konsullik huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Sankt-Peterburgdagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi, ya’ni Arxangelsk, Kaliningrad, Leningrad, Murmansk, Novgorod, Pskov, Vologoda viloyatlari, Kareliya va Komi respublikalari, Nenets-avtonom okrugi hamda Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga xizmat va yordam ko‘rsatadi.

Zarur vaziyatlardar Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon orqali murojaat qilish mumkin: +7-965-029-41-49.

Eslatib o‘tamiz, bir necha yil oldin O‘zbekiston fuqarolari Rossiya hududida og‘ir vaziyatlarga tushib qolganda, vafot etganda – ularning o‘zlari ushbu vaziyatni hal qilishiga to‘g‘ri kelar edi. Xususan, vafot etgan fuqaroning jasadini O‘zbekistonga olib borish xarajatlarini o‘zlari yonidan qoplashi kerak bo‘lardi.

So‘nggi 2 yil davomida, ushbu vaziyatga chek qo‘yildi: fuqarolar og‘ir vaziyatga tushib qolgan, favqulodda holatrlarda – O‘zbekiston hukumati tomonidan muntazam yordam berilayotganini kuzatmoqdamiz.

 

Kiritildi: 10:03 10.06.2019. O'qildi: 1741 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!