Bugun 13 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Sandu Moldova va Ruminiyaning birlashishi tarafdori ekanini bildirdi

Sandu Moldova va Ruminiyaning birlashishi tarafdori ekanini bildirdi

Mayya Sandu Moldova va Ruminiyaning birlashishi tarafdori ekanini bildirdi.

"Agar referendum bo‘lib o‘tsa Ruminiya bilan birlashish uchun ovoz bergan bo‘lardim", — dedi Moldova prezidenti Britaniyaning The Rest is Politics podkastiga bergan intervyusida.

"Dunyoda nimalar bo‘layotganiga qarang. Moldova kabi kichik davlat uchun demokratik va suveren mamlakat sifatida yashab qolish, albatta, Rossiyaga qarshilik ko‘rsatish tobora qiyinlashmoqda", — deya fikr bildirdi Mayya Sandu.

Shu bilan birga, Mayya Sandu so‘nggi paytlarda Moldovada o‘tkazilgan so‘rovnomalar natijalariga ko‘ra, mamlakat aholisining aksariyati Ruminiya bilan birlashishni qo‘llab-quvvatlamayotganini ta’kidladi. U Moldovaning Yevropa Ittifoqiga integrasiyasini “yanada real maqsad” deb atadi.

Moldovada taxminan 2,4 million aholi yashaydi, ulardan qariyb 1,5 million nafari Ruminiya pasportiga ham ega. So‘nggi yillarda Moldovada Rossiya tomonidan bosim kuchaygani, xususan, Moskva sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari natijalariga ta’sir o‘tkazishga uringani haqida aytilmoqda. Shunga qaramay, saylovlarda Maya Sandu tomonidan asos solingan, Yevroittifoq bilan hamkorlik tarafdori bo‘lgan “Harakat va birdamlik” (PAS) partiyasi g‘alaba qozondi.

Kiritildi: Bugun 09:48. O'qildi: 336 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!