Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

San’atkorlar 2021 yildan boshlab davlat tadbirlarida bepul ishtirok etmaydi

San’atkorlar 2021 yildan boshlab davlat tadbirlarida bepul ishtirok etmaydi

2021 yilning 1 yanvaridan boshlab konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning buyurtmalariga asosan ko‘rsatiladigan barcha xizmatlar yozma va haq evaziga tuziladigan shartnoma asosida taqdim etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining «Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida so‘z boradi.

Qayd etilishicha, konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi davlat muassasalari xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bundan mustasno.

Shuningdek, 2021 yil 1 yanvardan boshlab:

  • konsert-tomosha faoliyatini lisenziyalash, lisenziatlarning davlat reestrini yuritish, ularning faoliyati va erishgan natijalari haqidagi axborotlarni kiritib borish Konsert-tomosha faoliyati ishtirokchilarining yagona onlayn portali orqali amalga oshiriladi;
  • konsert-tomosha tadbiriga bir martalik ruxsatnoma berish uchun undiriladigan yig‘im bekor qilinadi;
  • davlat organlari va tashkilotlarining asosiy vazifa va funksiyalaridan kelib chiqib, ularning tashabbuslari bilan o‘tkaziladigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlari har yili tasdiqlanadigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining kalendar rejalari (keyingi o‘rinlarda — kalendar rejalar) asosida o‘tkaziladi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining kalendar rejalarda nazarda tutilmagan davlat tadbirlarini o‘tkazishni nazarda tutuvchi qarorlarida ushbu tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha buyurtmachilar hamda ularni moliyalashtirish manbalari ko‘rsatiladi.

Shuningdek, 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi konsert, madaniyat saroylari va boshqa muassasalarda to‘liq jonli ijro asosida o‘tkazilgan konsert dasturlari uchun ijara to‘lovidan 50 foiz chegirma berish tartibi joriy etiladi.

Kiritildi: 07:15 29.05.2020. O'qildi: 2778 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!