Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Samsung smartfonlariga avtomatik ruscha tarjimani qo‘shdi

Samsung smartfonlariga avtomatik ruscha tarjimani qo‘shdi

“Samsung” sun’iy intellektga asoslangan xususiy Galaxy AI funksiyalarini yangilashni e’lon qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Nashrning ma’lum qilishicha, qurilmalarda endi rus tiliga avtomatik tarjima qilish imkoniyati mavjud.

Endilikda rus tili real vaqt rejimida telefon qo‘ng‘iroqlarining ikki tomonlama ovozli va matnli tarjimasi bilan “Live Translate” funksiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Qayd etilishicha, bunda smartfon avtomatik ravishda tilni tan oladi va tarjimani faollashtiradi.

Rus tilidan tashqari, dasturning yangi versiyasi arab va indonez tillarini, shuningdek, avstraliyalik ingliz, kanton va kanada fransuz tillarining dialektlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

2024 yil oxiriga kelib Galaxy AI yana to‘rtta tilni, jumladan, rumin, turk, golland va shved, shuningdek, an’anaviy xitoy va yevropalik portugal tillarini qo‘shadi.

Kiritildi: 23:46 13.04.2024. O'qildi: 965 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!