Bugun 11 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Samsung smartfon ishlab chiqarishni 30% ga qisqartirmoqchi

Samsung smartfon ishlab chiqarishni 30% ga qisqartirmoqchi

Samsung 2026 yilning uchinchi choragida $80 mlrd miqdorida rekord operasion foyda olishini kutmoqda, deb yozdi Reuters.

Qayd etilishicha, bu texnologiya sanoati tarixidagi eng yuqori choraklik foyda ko‘rsatkichi ham bo‘lishi mumkin.

Foydaning asosiy o‘sishi chiplar ishlab chiqaruvchi bo‘linma hisobiga to‘g‘ri kelgan. Sun’iy intellekt sohasi sabab xotira chiplarining tanqisligi kompaniya foydasining qariyb to‘qqiz baravar oshishiga olib keldi, deb qayd etadi agentlik.

TrendForce ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning ikkinchi choragida mobil qurilmalar uchun DRAM xotirasi narxi yillik hisobda 175% ga oshgan.

Tahlilchilar uchinchi chorakda narxlar yana qariyb 20% ga ko‘tarilishini kutmoqda. Samsung esa dunyodagi eng yirik xotira chiplarini yetkazib beruvchilardan biri hisoblanadi.

Shu bilan birga, Samsungning mobil qurilmalar ishlab chiqaruvchi bo‘linmasi yaqinda hamkorlaridan butlovchi qismlar yetkazib berishni 20−30% ga qisqartirishni so‘ragan. Bu haqda Janubiy Koreyaning MoneyToday nashri manbalari ma’lum qildi.

Manbalarning fikricha, buning natijasida Samsung smartfonlari ishlab chiqarish hajmi 2026 yilning to‘rtinchi choragida qariyb 30% ga kamayishi mumkin.

Kompaniya yil yakunigacha 270 mln dona qurilma ishlab chiqarishni rejalashtirgan edi, biroq qisqartirishlar hisobiga bu ko‘rsatkich 200 mln donaga tushishi mumkin.

Reuters keltirgan tahlilchilar bahosiga ko‘ra, bo‘linmaning uchinchi chorakdagi zarari $1 mlrd dan oshishi mumkin.

Kiritildi: 04:00 10.10.2026. O'qildi: 872 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!